Eron raketalari Isroil şaharlariga zarba berdi, javoban Tel-Aviv Tehron yadroviy obektlarini nişonga oldi. Diplomatlar jiddiy muzokaralarga undar ekan, uruş siyosiy sahnaga ham köçmoqda. Jyenevada muzokaralar kelişuv nuqtasi uzoqligini körsatmoqda, Tramp esa Eronni Yevropa bilan emas, AQŞ bilan muzokaraga undayapti.
Sönggi 24 soatda Eron tomonidan Isroilning Hayfa, Tel-Aviv, Ber-şeva kabi şaharlariga kamida 22 ta raketa uçirildi. Ma’lumotlarga köra, nişonlar Isroil Mudofaa kuçlari bilan hamkorlik qiluvçi IT kompaniyasi va Microsoft’ning mintaqaviy ofisi joylaşgan texnopark binosiga zarar yetkazgan.
Isroil esa tunda Eronga qarşi zarbalarda 50 dan ortiq harbiy samolyotlardan foydalangan. TSAHAL Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador obektlarga zarbalar berganini iddao qilgan, jumladan: raketa işlab çiqariş obektlariga va Eron yadro dasturining “muhim komponentini” işlab çiqaradigan maydonga zarba berilganini aytdi.
21 iyun hali kun yorişmagan bir vaqtda Tel-avivda budilniklardan avval sirena ovozlari çalindi, dastlabki ma’lumotlarga köra, Eron kamida 6 ta raketa uçirgan.
20 iyun kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi va Germaniya, Fransiya hamda Britaniya taşqi işlar vazirlari Jyenevada uçraşdi. Ayni paytda Yevropa taşqi işlar vazirlari jurnalistlarga Eronni Isroil havo hujumlarini töxtatişni “kutmasdan” yadroviy muzokaralar olib borişga undaganliklarini aytişdi.
“Biz Eron taşqi işlar vaziriga barça tomonlar, jumladan, AQŞ bilan muzokaralar olib borişni körib çiqişni taklif qildik”, dedi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noyel Barro. U şuningdek Eronda rejimni kuç bilan özgartirişga qarşi çiqib “Taşqaridan rejimni almaştiriş xavfli va xalq öz taqdirini özi hal qilişi kerak”, deya qöşimça qildi. Aroqçi muzokaralarga oçiqligi, lekin Isroil agressiyasi vaqtida buning iloji yöqligini aytdi.
Juma kuni Yevropa taşqi işlar vazirlari eronlik hamkasbi bilan uçraşganidan köp ötmay Donald Tramp bu uçraşuvga munosabat bildirib: “Eron Yevropa bilan gaplaşişni istamaydi”, dedi. Tramp Yevropaning iştirokiga şubha bilan qaradi va “bu masalada ular yordam bera olmasligini” aytdi.
Eslatib ötamiz Tramp Eron masalasidagi sönggi qarorini 2 hafta içida qabul qilişini aytgan edi.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida sözlagan Putin, Moskva Tehrondagi ittifoqçilaridan voz keçgani haqidagi tanqidlarni rad etdi. U Isroilda rus tilida sözlaşuvçilarning köpligi va Moskva Eronning tinç yadroviy dasturini qöllab-quvvatlayotganini tilga olib, Rossiyaning - ham Eron, ham Isroil bilan yaqin aloqalari borligini ta’kidladi.












