Ijtimoiy tarmoqlarda 11 yoşli qizning tok urişi oqibatida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Boşqarma ma’lumotida keltirilişiça, hodisa joriy yilning 30 may kuni taxminan soat 18.00 da sodir bölgan. 2014 yilda tuğilgan N.A. Mirobod tumani Amir Temur köçasidagi savdo dökonlardan birining tom qismiga ukasining öyinçoğini olib tuşiş uçun narvon yordamida çiqqan.
Qiz öyinçoqni olib, qaytib tuşayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan ötuvçi elektr tarmoğini uşlab olgan. Buning oqibatida u tok urib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Buxorodagi xususiy boğçada ikki yaşar bola tok urişidan vafot etgandi.

















