22 iyun kuni AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset va Birlaşgan Ştab boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn Pentagonda AQŞning Eronga bergan zarbalari böyiça brifing ötkazdi.

New York Times naşrining yozişiça, Hegset nutqini prezident Trampni maqtaş bilan boşlagan va uning bu harbiy operatsiyasini «jasoratli va ajoyib» deb atadi.

«Tungi bolğa» operatsiyasi

Pit Hegsetning sözlariga köra, AQŞning Eronga bergan zarbalari «çalğitiş usuli» (misdirection) bilan amalga oşirilgan. Bu ehtimol, Tramp harbiy aralaşuvga ikki hafta içida qaror qilişi mumkin, degan Oq uy bayonotiga işora bölişi mumkin.

Brifingda eng muhim masala — Fordoga qança zarar yetkazilgani va prezident Tramp işlatgan «yer bilan yakson qilindi» ifodasining haqiqatga qançalik yaqin ekani böldi.

General Keyn Eronga qarşi operatsiyaning nomi «Midnight Hammer» — «Tungi bolğa» bölgani va juda maxfiy ötkazilganini aytdi.

«Yuqori darajadagi maxfiy missiya bölib, Vaşingtonda uni faqat juda ozçilik bilgan», deya operatsiyani ta’rifladi general.

Pentagon videosidan lavha

Keynning aytişiça, B-2 bombardimonçilari AQŞ hududidan havoga kötarilgan va 18 soatlik parvoz davomida nişonlarga yetib borgan. «Midnight Hammer» operatsiyasida jami 75 ta yuqori aniqlikdagi qurollar, şu jumladan, 14 ta GBU-57 turdagi Massive Ordnance Penetrator bombalari işlatilgan. Fors körfazidagi AQŞ Harbiy-dengiz floti suvosti kemasi ham operatsiya doirasida 24 ta Tomahawk raketasini uçirgan.