Qatar poytaxti Dohada portlaş ovozlari yangramoqda — bu işga tuşgan havo hujumidan mudofaa tizimlaridir, deb yozadi Reuters guvohlarga tayanib. Axios ma’lumotlariga köra, Eron armiyasi AQŞning Qatardagi bazalariga oltita raketa yordamida zarba bergan.

Doha janubi-ğarbida Al-Udeyd harbiy-havo bazasi joylaşgan. U yerga AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligining (CENTCOM) tezkor ştabi joylaştirilgan.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi bayonotida aytilişiça, Eron Amerikaning Qatardagi Al-Udeyd harbiy-havo bazasiga raketa zarbalarini bergan. Bu AQŞ armiyasining mintaqadagi «eng yirik stratetik aktivlaridan biri» hisoblanadi.

Eron Milliy xavfsizlik kengaşi zarba yöllaşda AQŞ oldinroq qança bomba foydalangan bölsa, şunça raketani qöllagan. Eron nişoniga aylangan Amerika bazalari Qatar aholisi yaşaydigan şahar obektlaridan uzoqda joylaşgani aytilmoqda.

Öz navbatida Qatar mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari Eron «hujumini muvaffaqiyatli qaytargani»ni ma’lum qildi.

Qatar 23 iyun kuni keçqurun xavfsizlik nuqtai naziaridan öz mamlakati uzra havo makonini vaqtinça yopib, fuqarolarni «keyingi körsatmalarga qadar pana joyga berkinişga çaqirgan edi. Buyuk Britaniya TIV esa öz fuqarolarini BAA va Qatarga borişdan tiyilişga çaqirgan.

22 iyun kuni AQŞ Harbiy-havo kuçlari Eron yadro obektlariga zarbalar bergandi. Şundan keyin AQŞ razvedasi Eron Amerikaning mintaqadagi bazalariga zarbalar berişi mumkinligidan ogohlantirgan edi.