Boş prokuratura huzuridagi departamentning Kosonsoy tumani bölimi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 000 AQŞ dollarini haqiqiy 14 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 100 AQŞ dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQŞ dollarini bergan vaqtida uşlanib, davom etgan tadbirda boşqa bir fuqaro N.T.dan qalbaki 6 000 AQŞ dollari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.