Boş prokuratura huzuridagi departamentning Şayxontohur tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki valuta muomalasiga çek qöyildi.
Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, fuqarolar M.A., M.A. va B.B. fuqaro B.L.ga qalbaki 10 ming AQŞ dollari va 20 million sömni 14 million söm evaziga sotgan vaqtida qölga olindi.
Şuningdek, ular qalbaki yana 10 ming AQŞ dollarini fuqaro O‘.A.ga 8,4 million sömga sotgan vaqtida ham huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda uşbu jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

















