Özbekiston prezidentining farmoni bilan, Prezident administratsiyasi tuzilmasida administratsiya rahbari lavozimi taşkil qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining farmoni bilan, administratsiya rahbari lavozimiga Saida Şavkatovna Mirziyoyevani tayinladi. U 2023 yil 25 avgustidan buyon prezident yordamçisi lavozimida işlab kelayotgandi.
Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvçisi, Toşkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.
2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining örinbosari bölib işlagan. 2020-2022 yillarda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş fondi vasiylik kengaşi raisining örinbosari bölgan.
2022 yil noyabrida Prezident administratsiyasi ijro etuvçi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri etib tayinlangan.
Saida Mirziyoyeva 2023 yil avgustida prezident yordamçisi etib tayinlangan edi. Bu tayinlov Prezident administratsiyasida rahbar lavozimi tugatilişi bilan bir vaqtda röy bergandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi 2018 yil 26 avgustda taşkil etilgan bölib, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov, 2022-2023 yillarda Sardor Umrzoqov rahbarlik qilgandi.












