NATO davlat va hukumat rahbarlari sammitida iştirok etiş uçun Haagada bölib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 24 iyun kuni u yerda Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuv ötkazdi.
Prezidentlar uçraşuvi NATO sammitida qatnaşayotgan yetakçilar va ularning rafiqalari şarafiga Gollandiya qiroli tomonidan uyuştirilgan keçki ovqatdan söng, OAV uçun yopiq tarzda ötkazildi.
Anadolu naşrining xabar berişiça, prezident Erdöğan uçraşuv AQŞ bilan mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanişi ikki tomonlama savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkaziş maqsadiga xizmat qilişini aytgan.
«Turkiya rahbari AQŞ prezidenti Trampning sa’y-harakatlari natijasida Isroil va Eron örtasida erişilgan sulhni olqişladi. U bu sulh barqaror bölişini tiladi va Ğazo sektoridagi gumanitar fojiani imkon qadar tez töxtatiş hamda Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tinç yöl bilan hal etiş uçun yaqin muloqot muhimligini ta’kidladi», deyiladi xabarda.
Şuningdek, NATOning yetakçi ittifoqçilari sifatida ikki davlat Alyansning tiyib turuvçi salohiyatini mustahkamlaş borasida qadamlarini gaplaşgan.












