1979 yilgi inqilobidan söng Eron monarxiyadan islomiy respublika tuzumiga ötdi. Bu yangi tizim öziga xos tarzda demokratik institutlarni diniy rahbariyat nazorati bilan uyğunlaştirdi. AQŞ va Isroil nima uçun uni qulatişni xohlayapti?

Eron va Isroil örtasidagi keskinlik kuçaygandan kuçayib boryapti. Har ikkala tomon ham bir-birlarini ayovsiz bombaladi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu asosiy maqsadi – Eron yadroviy salohiyatini yakson etiş ekanini aytgandi. Ammo keyingi bayonotlarida islom inqilobi rejimini özgartirişdek kengroq niyati borligiga işora qildi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Eronda rejim özgarişi mumkinligini istisno etmayapti. «Agar hozirgi Eron rejimi Eronni buyuk qilişga qodir bölmasa, rejim özgarişi kerak emasmi?» - deya yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

Xöş, rasmiy Tehronning amaldagi siyosiy tizimi qanday paydo bölgandi va Isroil nima uçun uni qulatişni xohlayapti?

Erondagi şoh hokimiyati

Eronda 1925 yilda Qojarlar sulolasining qariyb 130 yillik hukmronligiga çek qöyilib, hokimiyatga Pahlaviylar keldi. Rizoxon özini Eron şohi deb e’lon qiladi. 1941 yil Rizo Pahlaviy Buyuk Britaniya va SSSR harbiylarini Eronga joylaştirişga rozi bölmaydi, ammo ular baribir öz maqsadiga erişadi. Uşbu voqealar fonida u taxtdan voz keçib xorijga qoçişga majbur böladi. Örniga öğli, 21 yoşli Muhammad Rizo Pahlaviy hokimiyatga keladi.

Uning boşqaruvi davrida Eron özining asriy an’analaridan voz keçib, dunyoviy davlatga aylana boşlaydi. Mamlakatda nafaqat Ğarb bayramlari, balki islom dini kelişidan avval mavjud bölgan bayramlar ham nişonlana boşlaydi. Kiçik Pahlaviy AQŞning taşqi siyosatini qöllab-quvvatlaydi. Öşa paytlarda butun islom olami Isroil-Falastin mojarosida Isroil tomonida turgani uçun AQŞni qoralayotgan vaqtda u AQŞning Yaqin Şarq masalasida yuritgan bir tomonlama siyosatiga xayrixohlik bildiradi. Bu esa eronliklarning köpçiligiga yoqmaydi. Şu tariqa, Eronda şoh Pahlaviyning «radikal ğarblaştiriş” siyosatiga qarşilar soni tobora ösib boradi.

Şu tariqa şoh hukmronligi yillarida Eron jamiyatida kuçli siyosiy muxolifat şakllandi. Bunda dindorlar asosiy rolni öynadi. Şoh esa muxolifat vakillarini qattiqqöllik bilan ta’qib qilişda davom etdi.

Diniy muxoliflar liderlaridan biri Oyatulloh Humayniy şoh hokimiyatini mustabid tuzum deb e’lon qildi. 1964 yilda Humayniy hibsga olindi va surgun qilindi, natijada uning tarafdorlari norozilik aksiyalarini kuçaytirib bordi. Şoh bunga qattiqqöllik bilan javob berdi. Namoyişçilar hibsga olindi, bir qismi otib taşlandi.