Prezident farmoni bilan «Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantiriş» konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga köra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirişning strategik maqsadlari va ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

- Mahalliy Kengash, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillaştiriş, budjet va hududlarni rejalaştiriş jarayonlaridagi iştirokini kuçaytiriş;

- aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etişni «mahalla yettiligi» – tuman (şahar) Kengaşi – viloyat Kengaşi – Senat» tamoyili asosida kuçaytiriş;

- Mahalliy Kengaşning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillaştiriş, qarorlar işlab çiqişda keng jamoatçilikning keng iştirokini ta’minlaş;

- Mahalliy Kengash deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuçaytiriş;

- Mahalliy Kengash faoliyatining taşkiliy-institutsional asoslarini takomillaştiriş, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş;

- Mahalliy Kengash faoliyatida özaro va xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş;

- Mahalliy Kengash faoliyatini töliq raqamlaştiriş, «E-Kengash» elektron platformasini takomillaştiriş.