Toşkent yerusti metrosida boşlangan profilaktik işlar jarayonida “qator kamçiliklar” aniqlandi, deya ma’lum qildi Transport prokuraturasi.

Rejali profilaktika işlari “Qipçoq” bekatidan “Texnopark” bekatigaça olib boriladi va 3 oy davom etişi xabar qilingan. 8 iyundan boşlab “Qipçoq” va Turon” bekatlari oraliğida poyezdlar harakati töxtatildi. 28 iyundan boşlab “Quruvçilar” bekatidan “Yangiobod” bekatigaça bölgan masofada ham poyezdlar qatnamaydi.

Şu tariqa, “Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yölidagi 14 ta bekatdan 9 tasi ma’lum vaqt faoliyat yuritmaydi. Bu davrda xuddi şu yönalişda bepul avtobuslar qatnaydi.

Hozirda dastlabki ikki bekat – “Qipçoq” va “Turon” oraliğida temiryöl relslari va şpallari olib taşlangan.

Olib borilayotgan işlarga transport prokuraturasi e’tibor qaratdi. 24 iyun kuni Boş prokuratura transport prokurori Ikrom Narimov rahbarligidagi işçi guruh tomonidan örganiş ötkazilganini ma’lum qildi.

“Örganiş jarayonida qator kamçilik va xato holatlar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etiş, amalga oşirilayotgan işlar loyiha talablariga töliq muvofiq holda qayta körib çiqilişi va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanişi böyiça mas’ul taşkilotlarga aniq topşiriqlar berildi.

Quriliş işlarining şaffofligi, yölovçilar xavfsizligi va transport infratuzilmasining barqarorligini ta’minlaş mazkur yönalişdagi faoliyatning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilandi”, – deyiladi Boş prokuratura xabarida.

Qayd etilişiça, bu jarayonda “Özbekiston temir yöllari” AJ buyurtmaçi, “Köprikquriliş” AJ esa pudratçi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Qöyliqdan Sergeligaça bölgan yerusti yölidagi 7 ta bekatdan 5 tasi 2023 yil aprelida, sönggi 2 tasi (“Turon” va “Qipçoq” bekatlari) 2024 yil