21 yoşli norvegiyalik turist Mads Mikkelsen telefonidan AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vensga aloqador mem topilganidan keyin immigratsiya xizmati uni haqorat qilib, Qöşma Ştatlarga kirişiga ruxsat bermaganini ma’lum qildi. Suratda Vens kal va multfilm qahramonlariga öxşaş yuzda tasvirlangan.
Yigit Nyu-Jyersidagi Nyuark Liberti xalqaro aeroportida 11 iyun kuni uçib kelgan. Çegaraçilar uni alohida xonaga olib ötib, telefonini olib qöygan. Mekkelsenning aytişiça, uni heç qanday asossiz giyohvand moddalar taşiş, terrorçilik rejalari va ekstremizmga oid savollar bilan söroq qilişgan. Bundan taşqari, undan AQŞda uçraşmoqçi bölgan har bir insoni töğrisida ma’lumot beriş söralgan. Şuningdek, norvegiyalikka agar telefoni parolini aytmasa, jarimaga tortiş yoki 5 yilga qamaş bilan tahdid qilingan.
Mekkelsen AQŞga döstlari bilan uçraşiş uçun taşrif buyurgan, bir neça haftadan keyin safarga uning onasi ham qöşilişi kerak bölgan — ular bir neçta milliy boğga borişni rejalaştirgan.
Yigit tintuv qilingan, barmoq izlari va qon namunalari olingan, şuningdek, uning taşqi körinişi skanerdan ötkazilgan. Bir neça soat kamerada ötirgan norvegiyalik Osloga qaytadigan samolyot bortiga çiqarib yuborilgan.
Şov-şuvga sabab bölgan mazkur holatdan keyin AQŞ Bojxona va çegara xizmati öz munosabatini bildirişga majbur böldi. Idoraning ma’lum qilişiça, yigitning deportatsiyasiga mem emas, balki Mikkelsen oldinlari giyohvand moddalar iste’mol qilganini tan olgani sabab bölgan.












