«Xatam-al-Anbiya» markaziy ştabi qömondoni Ali Şodmoni Isroil tomonidan berilgan zarbalar oqibatida halok böldi. Bu haqda idora bayonotiga tayanib, Mehr agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Şodmoni ötgan hafta oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Isroil Ali Şodmoni öldirilgani haqida 17 iyun kuni xabar bergandi. TSAHALga köra, u Eron oliy rahnamosiga yaqin insonlardan. Eron Boş ştabining oldingi boşliği general Muhammad Bağiriy 13 iyunga ötar keçasi berilgan zarbalar oqibatida halok bölgan edi.

Şodmoni Eron armiyasi Boş ştabi boşliği, şuningdek, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni lavozimida faoliyat yuritgan. U 13 iyun kuni özidan oldingi rahbar — Ğulom Ali Raşid öldirilganidan keyin lavozimga tayinlangan edi.

Ştabga rahbarlik qilişdan oldin Şodmoni «Xatam al-Anbiya» qömondoni örinbosari va Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi Tezkor boşqarmasi boşliği bölgan. «Xatam al-Anbiya» jangovar harakatlarga rahbarlik qiliş va Eronning öt oçişni amalga oşiriş bilan boğliq rejalarini tasdiqlaşga mas’ul.