Eron va Isroil örtasidagi uruş tugaganga öxşayapti. Har ikki davlat ham imoga mahtal bölib turgan ekan, Tramp «Böldi, yetar», deyişi bilan uruşni töxtatişdi. Nomiga bölsa ham «Işimizga aralaşma, özimiz hal qilamiz», deyişmadi. Keyin hali oxirgi otgan bombalari yerga tuşib ulgurmasdan köçaga çiqib bayramni boşlab yuborişdi. Xöş, özi bu uruşni kim yutdi? Quyida şu haqda.

Eronda katta bayram

Eron Qatardagi Amerika harbiy aviabazasiga raketa uçirişi amalda uruşning eng yakuniy nuqtasi böldi. AQŞ önlab samolyotlari bilan heç qanday qarşiliksiz Eron osmoniga kirib mamlakatdagi eng yirik yadroviy obektlariga zarba berişini faqat kinolarda köriş mumkin derdik. Hayotda bunaqa zarbaga uçraganidan keyin Eron odamlari köz öngida qandaydir javob berişi kerak edi.

Qatardagi bazaga hujumni aynan şunday talqin qiliş mumkin. Undan heç qanday harbiy maqsad közlanmagan, lekin Eron rahbariyati uçun buning qiziği ham yöq edi. Ular uçun televizorga çiqib eronliklarga «Biz ğalaba qildik, Amerika va Isroil yakson qilindi», deyiş, bu gaplar aytilayotganda kadrda Qatar osmonida raketalar uçib yurgani körsatilişi yetarli edi. Tramp ham şunga öxşaş gaplar aytdi e’tibor qilgan bölsangiz.

Eronda hukumat odamlarni bayram qilişga çaqirdi, odamlar maydonlarga çiqib Isroil ustidan qozonilgan ğalabani bayram qilişdi.

Isroilda faqat bir kişi bayram qildi

Lekin Isroilda odamlar köçaga çiqib bayram qilmadi, Eronni yengdik, deb karnay-surnay ham çalişgani yöq. U yerda jamiyat butunlay boşqaça. Odamlar hamon HAMAS asirlikdan ozod qilmagan isroilliklar uçun öz hukumatlarini ayblaşmoqda. Isroilda faqat bir kişi – Binyamin Netanyahu degan odam bayram qildi. Dramatik usulda, turli parallellar keltirib gapirişni yaxşi köradigan Bibining spiçrayterlari şu kunlarda qöli qöliga tegmay işladi. Isroil boş vaziri turli çiqişlarida mamlakat 12 kunlik uruşda ğolib bölganini e’lon qildi.

Nimani bayram qilişdi özi?

Endi Eron va Isroil nimani bayram deb atayotgani haqida. Köpçilik Isroil öz tarixidagi eng yirik zarbaga uçraganini aytmoqda, lekin işoning, HAMASning 7 oktyabrdagi hujumi Eron hujumidan ança dahşatli bölgandi. Öşa hujum payti Isroilda 1200 kişi öladi, 200 dan ortiq odam asir olinadi va ularning bir qismi hamon qaytarilmagan. HAMAS hujumi ikki hafta emas, bir kungina davom etadi. Bir kunlik hujumda 1200 kişi ölişi çinakamiga Isroil tarixidagi eng dahşatli voqea bölgandi.