Prezident Donald Tramp AQŞ va Xitoy örtasida savdo bitimi imzolanganini ma’lum qildi.
«Keça biz Xitoy bilan şartnoma imzoladik», dedi Tramp Oq uyda soliq imtiyozlari muddatini uzaytiriş va budjet böyiça qonunga bağişlangan tadbirda. AQŞ prezidenti tuzilgan savdo bitimi haqida boşqa heç qanday ma’lumot bermadi.
AQŞ Savdo vaziri Hovard Lyutnik AQŞ va Xitoy may oyida Jyenevada erişilgan savdo kelişuvini yakunlaganini tuşuntirdi. Uning sözlariga köra, kelişuv ikki kun avval imzolangan va Pekin va Vaşington örtasidagi savdo muzokaralari çoğida kelişilgan şartlarni öz içiga oladi. Ular orasida Xitoyning AQŞga nodir metallarni yetkazib beriş majburiyati ham bor. «Ular bizni nodir metallar bilan ta’minlaydi. Va bu sodir bölgaç, biz javob çoralarimizni bekor qilamiz», dedi Lyutnik.
Uning qöşimça qilişiça, Oq uy yaqin kelajakda özining 10 ta eng yirik savdo hamkorlari guruhi bilan savdo bitimlari tuzişni rejalaştirmoqda.
Avvalroq, AQŞ va Xitoy savdo muzokaralarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida bitim imzolangani haqida Xitoy Savdo vazirligi ma’lum qilgan edi. Bayonotga köra, Pekin nazorat ostidagi tovarlarni eksport qiliş böyiça arizalarni ma’qullaydi, Qöşma Ştatlar esa Xitoyga nisbatan bir qator çeklovçi çoralarni bekor qiladi.
Bayonotda qayd etilişiça, Pekin ikki davlat rahbarlarining «muhim konsensusi» va ularning 5 iyun kuni telefon orqali muloqoti çoğida bildirilgan talablarga rioya etilişini kutmoqda.
2 aprel kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bir qator savdo hamkorlari, jumladan, Xitoyga qöşimça tariflar joriy etilişini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Pekin ikki davlat örtasida tariflar böyiça qarama-qarşilikni keltirib çiqargan javob çoralarini qölladi. Oxir oqibat, AQŞ Xitoy tovarlariga bojlarni 145 foizga, Xitoy esa Amerika tovarlariga bojlarni 125 foizga oşirdi.
Savdo mojarosining kuçayişi fonida AQŞ va Xitoy rasmiylari 10-11 may kunlari Jyenevada muzokara ötkazib, özaro tariflarni 90 kunga vaqtinça töxtatib turişga kelişib olgan edi.












