Nvidia aksiyalari narxi 4,3 foizga oşib, 154,31 dollarni taşkil qildi va yanvar oyida örnatilgan avvalgi rekordni yangiladi, deb xabar berdi Bloomberg.

Natijada Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab turibdi. Bugungi kunda uning bozor kapitallaşuvi taxminan 3,77 trillion dollarni taşkil etadi (Ikkinçi örindagi Microsoft körsatkiçlari 3,66 trillion dollarga baholanmoqda).

Bugungi kunda Nvidia daromadlarining 40 foizdan ortiğini Meta va Microsoft kabi gigantlar ta’minlamoqda, ular sun’iy intellektni rivojlantirişga sarmoyalarni jadal oşirmoqda. Nvidia boş direktori Jyensen Xuang sözlariga köra, sanoat sun’iy intellekt infratuzilmasini global yangilaşning boşida turibdi.

Allspring Global Investmens kompaniyasi vakili Maykl Smit sözlariga köra, sun’iy intellekt bilan qurollaniş poygasi 2025 yil davomida va ehtimol 2026 yilda ham davom etadi.

Nvidia kompaniyasi Riva TNT va GeForce brendlari ostida grafik protsessorlar, videoadapterlar, şuningdek, şaxsiy kompyuterlar va öyin pristavkalari uçun multimedia va kommunikatsiya qurilmalarini işlab çiqaradi. Kompaniyaning boş qarorgohi Santa Klara (AQŞ) şahrida joylaşgan.