Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi metan şoxobçada Nexia maşinasida çaqnaş sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça hodisa bugun, 28 iyun kuni soat 7:15 lar atrofida sodir bölgan. Nexia maşinasi haydovçisi metan-zapravkaga gaz töldiriş maqsadida kirgan. Gaz töldiriş jarayonida maşina portlab ketgan. Buning oqibatida bir kişi oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda körinişiça, portlaş oqibatida maşinaning tom va orqa qismi yöq bölib ketgan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Hozirça hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.












