Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçining aytişiça, AQŞ ma’muriyati bayonotlariga zid ravişda Vaşington bilan yadroviy muzokaralarni boşlaş haqida heç qanday qaror qabul qilinmagan.

«Yadro quroliga ega barqudrat davlat va yadro quroliga ega rejim yevropaliklar yordamida Eron xalqini parçalab taşlaş va Amerika gegemonligiga qarşi 50 yillik kuraşga çek qöyişni rejalaştirdi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uçradi», dedi u davlat televideniyesi dasturida.

Hujumlar oldidan AQŞ bilan yadroviy muzokaralarga işora qilgan Eron taşqi işlar vaziri: «Oxirgi muzokaralarda ular bizni Eron millatining huquqlaridan voz keçişga işontirişga harakat qildi. Biz rad etganimizdan söng ular uruş keltirib çiqardi va jinoyatçi sionist rejimga (Isroil) hujumlar uyuştirişga ruxsat berdi» dedi.

Arağçi öz fikrini quyidagi sözlar bilan davom ettirdi:

«Amerikaliklar muzokaralar davomida diplomatiyaga xiyonat qildi va bu tajriba ular bilan bölajak muzokaralar haqidagi qarorga ta’sir qiladi, ammo diplomatiya davom etmoqda va men ba’zi mamlakatlar taşqi işlar vazirlari bilan aloqadaman».

AQŞ prezidenti Donald Trampning «eronliklar bilan kelasi hafta uçraşamiz» degan bayonoti haqidagi savolga javoban Arağçi: «Bu bayonotlarni jiddiy qabul qilmaslik kerak. AQŞ bilan muzokaralar borasida hali kelişuvga erişilgani yöq. Bu mavzuda hatto suhbat ham bölmagan. Ular tinmay qarama-qarşi bayonotlar bermoqda», dedi.

Eron parlamenti tomonidan qabul qilingan va Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) bilan hamkorlikni töxtatuvçi, Konstitutsiya muhofizlari kengaşi tomonidan ma’qullangan qonun haqidagi savolga Arağçi şunday javob berdi: «Yangi qonun biz uçun majburiydir. (AEXA direktori Rafael Mariano) Grossining hisoboti Isroil tajovuzi uçun yöl oçdi. Hisobot aniq va adolat emas edi. Bundan taşqari, bizning yadroviy obektlarimizga hujum sodir böldi, AEXA esa uni hatto qoralay olmadi».

Eron va Isroil özaro hujumlaridan 12 kun ötib erişilgan öt oçişni töxtatiş jarayoni haqida vazir şunday ta’kidladi: