Hindiston Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) yiğilişining qöşma deklaratsiyasini imzolaşdan boş tortdi, unda joriy yilning aprel oyida Pahalgam hujumi haqida heç narsa deyilmagan.
Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx Xitoyning Tsindao şahrida bölib ötgan ŞHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yiğilişida iştirok etdi, deb xabar berdi NDTV.
Singxning aytişiça, aprel oyida Jammu-Kaşmirdagi hujum deklaratsiyaga kiritilmagan va ular «ikki tomonlama standartlarga qarşi çiqadi».
«Bunday ikki tomonlama standartlarga örin bölmasligi kerak. ŞHT bunday davlatlarni tanqid qilişdan tortinmasligi kerak», — dedi Singx uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonotni imzolaşdan boş tortib.
Singx qöşma bayonotni «pokistonparast» deb atadi, dedi ismi oşkor etilmagan manba Associated Press (AP) agentligiga.
Deklaratsiya «Hindistonning terrorizm va mintaqaviy xavfsizlik kabi muhim masalalardagi pozitsiyasini zaiflaştirganini» iddao qilgan Singx unda Pokistonning Balujiston mintaqasidagi «jangarilar faoliyati» tilga olingan va «Pokiston pozitsiyasi himoyasi davom ettirilgan» dedi.
Singx Pokiston nomini töğridan töğri aytmagan holda, ŞHTni «transçegaraviy terrorizmdan siyosat quroli sifatida foydalanayotgan va terrorçilarni öz içiga oluvçi» davlatlarni tanqid qilişga çaqirdi.













