Eron AQŞ bilan yadroviy dastur böyiça muzokaralarga tayyorligini e’lon qildi, ammo prezident Donald Tramp öz ohangini yumşatişi kerakligini ta’kidlamoqda. Taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi 28 iyun, şanba kuni X ijtimoiy tarmoğida tegişli xabarni joylaştirdi.
«Agar prezident Tramp kelişuvga erişiş borasida jiddiy bölsa, u Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga nisbatan özining hurmatsiz va qabul qilib bölmas ohangidan voz keçişi va uning millionlab sodiq izdoşlariga zarar yetkazişni bas qilişi kerak», dedi Eron taşqi işlar vaziri.
«Yaxşi niyat yaxşi niyatni, hurmat esa hurmatni uyğotadi», deb qöşimça qildi Eron vaziri.
NATO sammitida Tramp kelasi hafta Tehron bilan muzokaralar ötkazilişini e’lon qildi, biroq tafsilotlarni keltirmadi, deya eslatadi dpa. Oq uy rahbaridan Tehronda uran boyitiş bilan boğliq xavotirlar yana paydo böladigan bölsa, AQŞ Eronning yadroviy inşootlariga yana zarba beradimi, degan savolga Tramp: «Albatta, şubhasiz», deb javob qaytardi.
Eron yadro quroliga ega bölmasligi kerak va sönggi hujumlar Islom Respublikasining yadroviy dasturini orqaga surib taşladi, deydi u.
Eron parlamenti deputatlari şu haftada Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) bilan hamkorlikni vaqtinça töxtatiş haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Ayni paytda Tramp ayrim ommaviy axborot vositalarida AQŞ ma’muriyati Eronga tinç yadroviy dastur uçun 30 milliard dollar ajratiş imkoniyatini örganayotgani haqidagi xabarlarni feyk deb atadi.













