AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahbari Ali Xominaiy tomonidan AQŞ va Isroil mağlub etilgani haqida berilgan bayonotini keskin tanqid qildi.
Tramp Xominaiy sözlarini «yolğon» deb atadi va u şaxsan Eron oliy rahbarining ölimining oldini olganini ta’kidladi. Jumladan, u Tehronni bombardimon etmoqçi bölgan Isroilning bir qança samolyotlarini orqaga qaytarişni talab qilganini aytdi.
«Men uni öta dahşatli va şarmandali ölimdan qutqardim va u «rahmat, prezident Tramp» deyişiga ham hojat yöq», deb yozdi AQŞ rahbari Truth ijtimoiy tarmoğida.
Tramp, şuningdek, yaqinda Eronga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş ustida iş olib borganini, ammo «ğazab, nafrat va jirkançga töla bayonotlarni» olganini, şundan söng, çeklovlarni olib taşlaş harakatlarini töxtatganini aytdi.
Avvalroq Reuters agentligi Tramp Isroilning Xominaiyni öldiriş rejasiga «veto qöygani» haqida xabar bergandi.
Isroil 13 iyundan boşlab, Eronga zarba berib, boşqa narsalar qatori yadroviy dastur obektlari, yuqori martabali harbiy amaldorlar va yadroviy olimlarni nişonga oldi. Eron bunga javoban Isroilga raketa va dronlarni uçirdi.
22 iyun kuni AQŞ Eronning uçta yadroviy obektiga zarba berdi, ikki kundan keyin esa Eron Qatardagi Amerika harbiy bazasiga hujum qildi. 24 iyun kuni Isroil va Eron öt oçişni töxtatişga kelişib oldi.
Eron oliy rahbari Ali Xominaiy 26 iyun kuni xalqqa murojaat qilib, mamlakatni Isroil va AQŞ ustidan qozonilgan ğalaba bilan tabrikladi.













