Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boş direktori Rafael Grossini öz yadroviy inşootlariga kiritmaydigan böldi. Şuningdek, XAEA bunday inşootlarga kuzatuv kameralarini örnatolmaydi, deb xabar berdi Eronning Mehr axborot agentligi.
Bu qaror «Isroil hujjatlarida Eron yadro inşootlariga oid ba’zi muhim ma’lumotlar topilgani» sababli qabul qilindi, dedi parlament vitse-spikeri Hamid Rizo Hoji Boboiy.
25 iyun kuni Eron parlamenti XAEA bilan hamkorlikni töxtatişni ma’qulladi. Bu qadam, xususan, yadroviy inşootlar xavfsizligi va mamlakatning tinç yadroviy faoliyati kafolatlanmasa, XAEA inspektorlari tekşiruv ötkaziş uçun Eronga kira olmasligini nazarda tutadi.
Eron Yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma (YaQş) a’zosi hisoblanadi. Bu maqom XAEA inspektorlari mamlakat yadroviy inşootlarida tekşiruv ötkaziş huquqiga ega ekanini bildiradi. Yaqin vaqtgaça XAEA inspektorlari Eron yadro inşootlari işini nazorat qilib kelgan. XAEA şuningdek, Isroil zarbalari oqibatida Eron yadroviy inşootlariga yetkazilgan zararni ham baholagan.













