Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Mariano Grossi Eron yadroviy dasturi muammosini harbiy zarbalar bilan hal qilib bölmasligini aytdi.

U CBS telekanalining Face the Nation dasturida Erondagi yadro inşootlari bilan boğliq vaziyatga baho berdi.

AQŞ va Isroilning hujumlari natijasida Erondagi yadroviy inşootlar jiddiy zarar körganini bildirgan Grossi, Eron rasmiylari obektlarni közdan keçirganidan söng zararning töliq hajmini aniq bilişini qöşimça qildi.

Uning sözlariga köra, AEXA qaysidir nuqtada Eron yadroviy inşootlari böyiça ehtimoliy kelişuvda iştirok etişi kerak böladi. Boş direktor agentlik inspektorlarini obektlarga qaytariş va ularning faoliyatini davom ettiriş muhimligiga e’tibor qaratdi.

Eron Konstitutsiya muhofizlari kengaşining AEXA bilan hamkorlikni töxtatib turiş töğrisidagi qonunni ma’qullaganiga töxtalib, Grossi bu sodir bölmasligiga umid bildirdi, Eron Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma (YaQş) iştirokçisi sifatida agentlik bilan hamkorlik qilişga majbur.

Eron hozirda AEXA inspektorlarini «e’tiborsiz qoldiryaptimi» degan savolga javob berar ekan, agentlik rahbari şunday dedi:

«Bu ma’noda, yöq. Men qabul qilingan rezolyutsiyaga ehtiyotkorlik va xavotir bilan amal qilyapman, lekin, albatta, bu ularning qonuni. Bu ularning parlamenti, ammo huquqiy oqibatlar bor. Albatta, xalqaro şartnoma ustuvor. Içki qonunlarga asoslanib xalqaro şartnomadan qoçib qutula olmaysiz, lekin Eron buni hozir aytmayapti, menimça, bu konstruktiv va şuning uçun boşqasiga batafsil töxtalib ötişga hojat yöq, deb öylayman». 

Taxminan 400 kilogramm boyitilgan uran hujumlardan oldin köçirilganmi yoki yöqmi, degan savolga Grossi bu material sönggi 12 kun davomida u yerda bölgan-bölmaganini aniq bilmasligini aytdi.