2024 yil 17 dekabr kuni Farğona şahridagi propan şoxobçasida sodir bölgan portlaş 4 kişining ölimi va 9 kişining jarohat olişidan taşqari, 4,8 mlrd sömlik moddiy zararga ham sabab bölgan. Bu – Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirib ötilgan.
Sud hukmiga köra, hodisa vaqtida öşa yerda bölgan 19 ta avtomobil, 4 köp qavatli uy binosi hamda AYoQŞ bino-inşootlariga jami 4 mlrd 786 mln söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Zarar yetgan maşinalarning 2 tasi Nexia, 3 tasi Tracker, 3 tasi Lacetti, 5 tasi Cobalt va bittadan Equinox, BYD, BMW X3, Li 9, Kia K8, Man bölgan.
“Farğona Layli Naxor” xususiy korxonasi rabari Mansur Matkarimov sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.
“2024 yil yanvar oyida Azizxon aka bilan (“Farğona Layli Naxor” xususiy korxonasi ta’sisçisi Azizxöja Mavlonov – tahririyat) özaro oğzaki kelişgan holda undan mazkur xususiy korxonani ijaraga olib, AYoQŞda bir özim iş yuritişni boşladim. Kelişuv böyiça Azizxon akaga 2024 yil yakunida qança benzin yoqilğisi sotganim haqida hisobot topşirib, körilgan foydaning teng yarmini unga berişim kerak edi. Şu sababli Azizxon akaga har oyda ijara puli tölamaganman.
2024 yil avgust oyida AYoQŞda benzin bilan birga propan sotişni rejalaştirdim. Buning uçun xususiy korxona hududidan joy tayyorladim. AYoQŞda ta’mirlaş işlarini amalga oşirib, yangi uskunalar bilan jihozladim, propan gaz uçun zarur bölgan ehtiyot qismlar va 3 ta qozon (sisterna) olib keldim.
AYoQŞda propan gaz qöyiş uçun joy tayyorlaganimdan xususiy korxona egasi Azizxon akaning xabari bölmagan. Unga bu haqda aytmaganman.
Şundan söng propan gaz örnatiş uçun qozonlar va boşqa zarur ehtiyot qismlarni örnatiş işlarini boşladim. Buning uçun mazkur soha böyiça mutaxassis hisoblangan Bahodir Tojimatov işçilari bilan birgalikda AYoQŞga kelib ketib, 3 oy işladi. 2024 yil noyabr oyi oxirlarida ular barça işlarni yakunlab, propan gaz quyiş şoxobçasini menga topşirdi.
Şoxobçani “Özgazstandart” va boşqa tegişli davlat taşkilotlaridan tekşiruvdan ötkazmadim. Biroq uşbu tekşiruvdan ötiş uçun DXM orqali ariza berdim. Avtomobillarga gaz töldiriş uskunalariga va siğimlarga kim, qaçon va qanday hujjatlar tayyorlab berganini eslay olmayman.

















