2024 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona şahridagi “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasiga qaraşli propan gaz quyiş şoxobçasida sodir bölgan portlaş bilan boğliq jinoyat işi sudda körib çiqilib, hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
2025 yil 24 iyun kuni çiqarilgan sud hukmida keltirilişiça, “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasiga Mansur Matkarimov rahbarlik qilib kelgan. U 2024 yil avgust oyida belgilangan talablarga rioya qilmasdan, şoxobça hududiga heç qanday hujjatlarsiz, özboşimçalik bilan maşinalarga propan gazini töldiriş uskunalarini hamda 1 dona 5 tonnalik va 2 dona 2,5 tonnalik gaz saqlovçi konteynerlarni örnatgan. Quriliş-montaj işlarini özaro kelişuv asosida Matkarimovning tanişi Bahodir Tojimatov olib borgan.
Mansur Matkarimov 2024 yil dekabr oyida propan gazini sotiş huquqini beruvçi litsenziyasi mavjud bölmasa ham, “GTL Gaz” MÇJdan oğzaki kelişuv asosida gaz mahsulotlarini olib, maşinalarga sotib kelgan. U 2024 yil 16 dekabr kuni “GTL Gaz” MÇJdan qiymati 158 mln söm bölgan 19,8 tonna propan gazini olgan. Mahsulot 2024 yil 17 dekabr kuni soat 12:45 da şoxobça hududiga Firdavs Norçayev boşqaruvidagi yuk maşinasida olib kelingan. Propanni quyiş jarayonida 5 tonna hajmli konteyner yorilgan hamda gaz taşqariga sizib çiqib, portlaş sodir bölgan.
Buning oqibatida şoxobça hududi yaqiniga Cobalt maşinasida kelgan Sevara Yusupova va uning maşinasida bölgan 4 va 2 yoşli farzanlari, şuningdek, 2006 yilda tuğilgan jiyani vafot etgan. Bundan taşqari, portlaş vaqtida şu hududda bölgan 9 kişi turli darajada kuyiş tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
JIB Farg‘ona tuman sudining hukmi bilan, Mansur Matkarimov Jinoyat kodeksining 190-moddasi (litsenziyadan olmasdan faoliyat yuritiş) 5-qismi, 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandi, 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi “a,b” bandlari va 259-moddasi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topildi.
Unga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilgan holda, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

















