AQŞ Senati Donald Trampning «Katta va gözal qonun» deb nomlangan budjet qonun loyihasi böyiça marafon ovoz beriş jarayonini ötkazmoqda. Qizğin muzokaralardan söng soliqlarni kamaytiriş va budjet xarajatlarini oşirişni közda tutuvçi uşbu qonun taqdiri qil ustida turibdi. Bu vaqtda esa prezident Tramp va tadbirkor Ilon Mask yana bir bor öz ijtimoiy tarmoqlarida uşbu qonun yuzasidan tortişib qolişdi.

One Big Beautiful Bill Act («Katta va gözal qonun») qonun loyihasiga demokratlar qarşi, şu bilan birga, bu taşabbus borasida respublikaçilar orasida ham yakdillik yöq: ular soliq imtiyozlarini kengaytiriş uçun ijtimoiy ta’minot dasturlarini qisqartiriş qançalik qimmatga tuşişi haqida bahslaşmoqda.

Agar Senat loyihani ma’qullasa, Vakillar palatasida yana bir ovoz beriş jarayonini ötkazişga töğri keladi – bir oy oldin bu yerda qonun loyihasi atigi bir ovoz ustunligi bilan qabul qilingandi.

Hozirda senatorlar qariyb 1000 sahifalik qonun loyihasiga özgartiriş kiritiş yoki kiritmaslik borasida bahslaşişmoqda. Bu jarayon vote-a-rama deb nomlanadi va debatlar 20 soatga çözilişi mumkin.

Sessiya tun böyi davom etişi kutilmoqda. Qonun loyihasi qabul qilinadigan bölsa, ba’zi ijtimoiy ta’minot dasturlari qisqarib, davlat qarzi oşadi.

«Janubiy Afrikaga qaytiş»

Bu vaqtda Trampning sobiq yordamçisi Ilon Mask respublikaçilar 4 iyulga qadar qabul qilişga urinayotgan mazkur qonun loyihasini yana bir bor qattiq tanqid qildi. Mask yana bir bor yangi siyosiy partiya tuziş niyatini bildirgan.

Ilon Mask deyarli yarim yil davomida davlat xarajatlarini qisqartiriş bilan maşğul böldi, ammo qisqartirişga arzigulik heç narsa yöqligi oydinlaşdi.

«Agar xarajatlar töğrisidagi uşbu aqlga siğmas qonun loyihasi qabul qilinadigan bölsa, keyingi kuniyoq „Amerika“ partiyasi taşkil etiladi», – deya yozgan Mask öziga tegişli bölgan X ijtimoiy tarmoğida.

U mamlakatdagi Respublikaçilar va Demokratik partiyalari hukmronligini bir partiyaviy tizim deb atab, ularga muqobil kerakligini aytgan. Uşbu tadbirkor avval ham yangi siyosiy harakat tuziş rejasini ma’lum qilgandi. U ijtimoiy tarmoqda ötkazgan sörovnomada 5,6 million foydalanuvçining 80 foizdan köp qismi uşbu ğoyani qöllab-quvvatlagan. Uning sözlariga köra, mamlakat aholisining katta qismi siyosiy nuqtayi nazardan söl yoki öng qanotga emas, markazga yaqinroqdir.