2025 yil 2 iyulidan boşlab, özini özi band qilgan şaxslarning yillik daromadi 100 mln sömdan oşganda, ular tölaşi lozim bölgan soliqlar davlat soliq organlarining xabarnomasi asosida yuridik şaxslar (soliq agenti) – ya’ni agregatorlar tomonidan tölov manbaida uşlab qolinadi.
Davlat soliq xizmati xabariga köra, bugungi kunda özini özi band qilgan 776,7 ming jismoniy şaxs yengil avtotransport vositasida yölovçilarni taşiş hamda buyurtma asosida tovarlarni yetkazib beriş yönalişida röyxatdan ötib faoliyat yuritmoqda.
1 iyul holatiga mijozlarni izlaş böyiça interaktiv xizmatlarni körsatuvçi 208 ta yuridik şaxs – onlayn taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan töliq integratsiyalaşgan. Ular orqali 430 mingdan ortiq haydovçi aholiga yönalişsiz taksi xizmati körsatmoqda. Uşbu agregatorlar tomonidan davlatga 89,6 mlrd söm soliq tölangan.
Şu bilan birga, ma’lum qilinişiça, joriy yil davomida özini özi band qilgan 189 şaxsning yillik daromadi 100 mln sömdan oşgan.












