2028 yilda Los-Anjyeles şahrida böladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik böyiça qaror loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinişiça, qaror bilan 10 ta ustuvor vazifa belgilanmoqda. Bular – sport turlarini ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratgan holda kuçaytiriş, natijador sport turlari geografiyasini kengaytiriş, iqtidorli yoşlarni quyi böğindan boşlab şaffof usulda saralab oliş, xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslangan milliy metodika yaratiş, terma jamoalar uçun aniq maqsad va natijadorlikka yönaltirilgan öquv-maşğulot yiğinlarini taşkil etiş, ularning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, xalqaro sport taşkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş kabi.
Şuningdek, Özbekiston sportçilarini 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorlaş dasturi va maqsadli körsatkiçlar belgilanmoqda.

Bu sohadagi işlarni tizimli taşkil etiş maqsadida Milliy olimpiya qömitasining 14 ta hududiy bölimi taşkil etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari Olimpiya harakatini rivojlantiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili böladi. Har bir hududga Sport vazirligi va Olimpiya qömitasidan mas’ullar biriktiriladi.
Iqtidorli sportçilarni eng quyi böğindan boşlab saralaş va professional etib tayyorlaş uçun uç bosqiçli “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqasi yölga qöyiladi. Uning final bosqiçi har yili Olimpiya şaharçasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida ötkaziladi. Ğolib va sovrindor sportçilar Olimpiya markazlariga jalb etilib, professional tayyorlanadi.
Respublika olimpiya va paralimpiya markazining faoliyati milliy terma jamoalar zaxirasini yaratişga qaratiladi. Uning ta’minoti 2026 yildan boşlab respublika budjetiga ötkaziladi. Markaz 8-11-sinflar uçun maktab, 1-2-kurslar uçun kollej sifatida faoliyat körsatadi hamda qabul kvotasi oşiriladi. 1-2-kurs öquvçilariga Sport vazirligi stipendiyasi beriladi. Öquv-maşğulotlar ötkazib boriş uçun Olimpiya şaharçasi inşootlari markazga beğaraz asosda biriktiriladi.
Şuningdek, atletlar zaxirasini kengaytiriş maqsadida xususiy sport klublari faoliyati takomillaştirilib, rasmiy musobaqalardagi iştiroki ta’minlanadi. Yuqori natija körsatgan sportçilar milliy terma jamoalarga qabul qilinişi mumkin böladi.












