Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat taşrifi doirasida Boku şahrida «Özbekiston» boğiga tamal toşi qöyişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, yangi boğ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan «Oq şahar» mavzesidan örin olgan.
Loyihaga köra, 8,5 gektar maydonda Özbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyiş etadigan ulkan majmua barpo etiladi.
«Boğ hududida yurtimiz me’moriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yaşil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va köngiloçar maskanlar taşkil etiladi. Binolar qurilişi va bezagida özbek milliy me’morçiligi an’analari hamda naqşlaridan foydalaniladi», — deyiladi xabarda.
Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda boğ poydevoriga ramziy kapsula qöyib, uşbu muhim loyiha qurilişini boşlab berdi.






















