Hujjat bilan suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş dasturlarini şakllantiriş va amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar me’yorlari belgilangan:

  • meliorativ obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş va tiklaş hamda suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş böyiça hududiy va manzilli dasturlarni şakllantiriş, işlab çiqiş va tasdiqlaş;
  • dasturlarga kiritiladigan obektlar böyiça loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va ekspertizadan ötkaziş;
  • tugallangan obektlarda işlarni qabul qilib oliş.

Melioratsiya obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida amalga oşiriladi.

Melioratsiya obektlarini tizimli ta’mirlaş va tiklaş loyihalari (melioratsiya obektlarining loyihaviy parametrlarini ta’minlaş, şuningdek turli ösimlik va butalardan tozalaş, yon tomonlardagi eroziyani tiklaş, yuviş, inşootlar va örnatilgan konstruksiyalarni ta’mirlaşga yönaltirilgan işlar) Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oşiriladi.

Kelgusi yil uçun hududiy dasturlarni işlab çiqiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan har yili 15 yanvarga qadar viloyat va tuman işçi guruhlari tuziladi.