Qarorga köra, 2027 yildan respublika hududlarida 5 ta sel-suv ombori quriladi.
Sel-suv omborlarini quriş hisobiga:
Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toşkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yer maydonlarining suv ta’minotini yaxşilanadi;
Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toşkent viloyatida 300 gektar yangi yerlar özlaştiriladi.
2027–2030 yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi tasdiqlandi.
Sel-suv ombori va uning inşootlari, karerlar va quriliş maydoniga tuşgan yer uçastkalari qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi belgilandi.
Bunda jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar qonunçilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.











