Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 2 iyul kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.

Davlat rahbari sözining avvalida Ilhom Aliyevga yuzlanib, Ozarboyjonda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar va mamlakat erişayotgan yuksak natijalardan çin dildan xursand ekanini ta’kidladi.

– Siz otangiz va har bir ozarboyjonlikning azaliy orzusini röyobga çiqardingiz - mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz. Qaytarib olingan hududlarning iqtisodiyoti va infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça faol iş olib boryapsiz, – dedi Mirziyoyev. (Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev 1993-2003 yillarda Ozarboyjon prezidenti bölgan – Kun.uz izohi)

Ozarboyjon Özbekistonning işonçli ittifoqçisi va strategik şerigi ekani ta’kidlandi. Bizning maqsadlarimiz, qaraşlarimiz va intilişlarimiz öxşaş. Xalqlarimizni azaldan qardoşligimiz va özaro işonçimiz asosini taşkil etayotgan tarix, qadriyatlar, til va madaniyat boğlab turibdi.

Davlat rahbari bugun bölib ötgan Oliy davlatlararo kengaş ikkinçi yiğilişining samarali natijalarini, uning yakunida muhim qaror va kelişuvlar qabul qilinganini yuksak baholadi.

Bu galgi sammitga jiddiy tayyorgarlik körilgani ta’kidlandi. Birinçi Parlamentlararo forum, Hukumatlararo komissiya yiğilişi, hududlar va rektorlar forumlari, siyosiy maslahatlaşuvlar, qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.

Muzokaralarda ikki mamlakat örtasida Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani keng kölamda amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro maydonda yaqin aloqalarni mustahkamlaş va özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga qat’iy intiliş tasdiqlandi. Köplab dolzarb global va mintaqaviy muammolar böyiça pozitsiyalar mos kelişi qayd etildi. Şu ma’noda, Mirziyoyev Özbekiston barça ötkir muammo va ziddiyatlarni faqat tinç yöl bilan, diplomatik sa’y-harakatlar orqali hal etiş tarafdori ekanini ta’kidladi.