Şu kunlarda post-sovet mintaqasidagi eng jiddiy ehtiroslar Ozarboyjon–Rossiya munosabatlarida kuzatilmoqda. Mintaqadagi barça davlatlar va xalqlar voqealar rivojini diqqat bilan kuzatyapti. Köz öngimizda Boku va Moskvaning “döstligi” buzilayotgandek.
27 iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida “oblava” ötkazilgan. Rossiya kuç işlatar tizimlari önlab asli Ozarboyjonliklarni qöpolliklar bilan tekşirişgan. Odatdagidek, kuç işlatilgan. Ozarlarning qöllari qayrilib, politsiya uçastkalariga olib kelingan. Rasmiy sabab – bundan 24 yil oldin – 2001 yilda öldirilgan Ozarboyjonlik bir şaxsning qotilini aniqlaş bölgan.
Reyd davomida aka-uka Husayn va Ziyovuddin Safarovlar vafot etgan. Rossiya tarafining aytişiça, “yurak xastaligi sabab”. Lekin Ozarboyjon tarafi olib kelingan jasadlarni sud-tibbiy ekspertizasidan ötkazib, aka-uka Safarovlar “qattiq jarohatlar, balki qiynoqlar” sabab ölgan degan xulosaga keldi.
Buning ortidan Boku Ozarboyjondagi “Sputnik” tahririyatida tintuv ötkazgan, unda işlovçi yetti kişini qölga olib tekşirdi, ikkitasini 4 oyga qamadi. Ofis yopilgan. Rasmiy Boku “Sputnik” xodimlarini “jurnalist niqobi ostida faoliyat yurituvçi FSB xodimlari” deb ta’rifladi.
Şundan keyin Moskva Ozarboyjon elçisini çaqirtirib, norozilik bildirdi. Ozar elçisi esa Rossiya TIVdan çiqişi bilanoq: “Ozarboyjonga haqoratomuz munosabatda bölişlarini qabul qilmaymiz” mazmunida şarh berdi.
Şuningdek, Bokuda Rossiyaning önlab fuqarolarini ommaviy tekşiriş işlari olib borildi. Tarqatilgan videolarda Ozarboyjon kuç işlatar tizimlari uşlanganlarga xuddi Rossiya OMONçilari kabi qöpol muomalada bölayotgan aks etgan. Rossiyaliklarning yuzlarida jarohat izlari körinadi. Ular haqoratomuz şaklda emaklab yurişga majburlangan.
Özi nima bölyapti? Nega bu ikki davlat örtasidagi ziddiyatlar dahanaki ösib boryapti?
Ozarboyjon–Rossiya örtasida qora muşuk ötişi 2024 yil 25 dekabrdagi samolyot qulaşi ortidan boşlangan edi. “Ozarboyjon havo yöllari”ga tegişli fuqarolik samolyoti Bokudan Grozniyga uçganida, taxminlarga köra, Rossiya harbiylari uni Ukrainaga tegişli dron deb öylab, urib tuşirgan. Şikastlangan samolyot Rossiya şaharlaridan biriga qönişga ruxsat söraydi, lekin ruxsat berilmaydi. Bunda “samolet balki dengizga qulasa, muammo bölmaydi” degan maqsad bölgani haqida ham farazlar bor. Nima bölganda ham, samolyot Kasbiy dengizi uzra uçib ötib, quruqlikka – Qozoğiston hududiga kirişi bilanoq qulaydi.












