Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat taşrifi doirasida Özbekistonning Boku şahridagi elçixonasi yangi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Tadbirda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev iştirok etdi.
Yetakçilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravişda oçdi.

Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga qaratilgan samarali faoliyati uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Elçixona zallari Özbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Şavkat Mirziyoyev ikki xalq örtasidagi döstlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qoraboğ nomini berişni taklif etdi.
Yakunda prezidentlar elçixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.




















