Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xonkandi şahridagi Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida Afğoniston boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodarni qabul qildi.
Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika sohalaridagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni barqaror ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Amaliy aloqalar faollaşdi. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Şarif şaharlarida Özbekiston savdo uylari oçildi. Iyun oyida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim imzolandi.
Özbekiston yetakçisi çegaraoldi savdo va tegişli infratuzilmani yanada rivojlantiriş, qazib çiqariş, töqimaçilik va farmatsevtika tarmoqlarida, quriliş materiallari tarmoqlarida, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va boşqa yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş muhimligini ta’kidladi.

Strategik muhim mintaqaviy loyiha – Transafğon temiryölini quriş loyihasini jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.












