Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi
Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning «janubiy darvozasi» hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga bordi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarboyjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shahar buyuk Ozarboyjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog‘ning «janubiy darvozasi» hisoblanadi.
2020 yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko‘lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021 yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim obektlardan biri bo‘ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turar joy majmualari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, infratuzilma obektlari qad rostladi, yangilari qurilmoqda.
2023 yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edi.
Mavzuga oid
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026