Kiriş imtihonlari talabgorlarning öz hududlarida – Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida bölib ötadi.

Ya’ni, hududlardan mazkur maktablarga hujjat topşirgan öquvçilarning imtihonda qatnaşişi uçun Toşkent şahriga kelişi talab etilmaydi.

Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Farğona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganç şaharlaridagi filiallari uçun kiriş imtihoni bir vaqtda bölib ötadi.

Talabgorlarga topşiriqlarni bajariş uçun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Talabgorlarga topşiriqlarni bajariş uçun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) taşqari, kiriş imtihonining javoblar varağini belgilaş uçun qöşimça vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab oliş uçun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Şundan söng, imtihon ötkaziladigan joy nomi va vaqti töğrisidagi ma’lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani şaxsiy kabinet orqali yuklab oliş mumkin.