Pokiston va AQŞ harbiy-havo kuçlari harbiy tayyorgarlik, qöşma maşğulotlar va texnologiyalarni uzatiş sohalarida hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi, deyiladi Pokiston Qurolli kuçlarining jamoatçilik bilan aloqalar xizmati (ISPR) bayonotida.

Xabarda ta’kidlanganidek, Pokiston harbiy havo kuçlari qömondoni general Zair Ahmad Babar Sidhu rasmiy taşrif bilan AQŞda bölib turibdi.

Taşrif doirasida u AQŞning bir qator yuqori martabali harbiy amaldorlari, jumladan, AQŞ harbiy havo kuçlari boşliği general Devid U. Olvin bilan muzokaralar ötkazdi.

Bayonotda tomonlar kadrlar tayyorlaş, qöşma maşğulotlar va texnologiyalar taqdim etilişi kabi sohalarda hamkorlikni mustahkamlaş tarafdori ekanini tasdiqlagani hamda muntazam ravişda oliy darajadagi harbiy aloqalarni davom ettirişga kelişib olgani ta’kidlangan.

General Sidxuning taşrifi ikki davlat örtasidagi mudofaa munosabatlarida «strategik muhim buriliş nuqtasi» sifatida baholandi.