Davlat xavfsizlik xizmati Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda uşlangani yuzasidan tafsilotlarni ma’lum qildi.

«Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganç şahrida yaşovçi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqal’a tuman sudida körilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini çiqartirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Şundan söng, tergov sudyasi 2 ming AQŞ dollarini naqd pulda va 24 mln sömni esa plastik karta orqali oladi.

Ammo bergan va’dasining ustidan çiqmagan sudya olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Boş prokuratura xodimlari tomonidan qölga olindi», deyiladi xabarda.

Hozirda Boş prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.