Mamlakat va Sind viloyati örtasidagi iqtisodiy diplomatiyani jadallaştiriş, mavjud salohiyatni töliq işga soliş, qişloq xöjaligi, çorvaçilik, töqimaçilik, farmatsevtika, kimyo sanoati, turizm va axborot texnologiyalari kabi sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Kamran Xan Tessori ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari iştirokida Hududlararo forumni ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatladi hamda bu kabi platformalar savdo, investitsiyalar, ta’lim, turizm va boşqa yönalişdagi hamkorlikning dadil ösişiga xizmat qilişini e’tirof etdi.
"Uzbekistan Airways'ning Lahor va Karaçiga parvozlari boşlanganini olqişlaymiz. Savdo-iqtisodiy yönalişdagi va tovar ayirboşlaş hajmlarini oşiriş borasidagi vazifalarni amalga oşiriş uçun Karaçi va Özbekiston şaharlari örtasida ham töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş ham muhim", – dedi gubernator.
Sind viloyati bilan Özbekiston hududlari örtasida hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, tadbirkorlar örtasida yaqin aloqalarni yölga qöyiş maqsadida uşbu viloyat gubernatori boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga biznes-missiyasini taşkil qiliş böyiça kelişuvga erişildi.












