Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazishi mumkin
Ikkala mamlakat 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun qo‘shma ariza topshirdi.
FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionati mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. O‘zbekiston va Ozarboyjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda Ozarboyjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. So‘nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirilgan. Ta’kidlanishicha, Osiyoning U-20, U-23 chempionatlari, futzal bo‘yicha jahon chempionati mezbonligi O‘zbekiston uchun katta tajriba vazifasini o‘tagan. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida e’tirof etildi.
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati FIFA tomonidan 1977 yildan buyon o‘tkaziladi. 2025 yilgi turnirni Chili qabul qiladi.
Musobaqalarda Argentina (6 marta) va Braziliya (5 marta) yoshlar terma jamoalari eng ko‘p g‘alaba qozongan.
O‘zbekiston ham, Ozarboyjon ham bunday saviyadagi musobaqaga ilgari mezbonlik qilmagan.
Mavzuga oid
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
17:52 / 03.07.2026
FIFA Rivaldo oldidagi qarzdorlik tufayli «Bunyodkor»ga transfer taqiqi qo‘ydi
15:10 / 23.06.2026
Erkin Abdulahatov: Futbolda iqlimiy va geografik omillarni ham inobatga olish kerak
14:14 / 22.06.2026