Isroil yadroviy dasturini tiklaşga urinsa, Eronga qarşi ehtimoliy jangovar harakatlarni qayta boşlaşga tayyorlanmoqda. Bu haqda 7 iyul, duşanba kuni Amerikaning Axios naşri manbalarga tayanib xabar berdi.

Uşbu xabarlarga köra, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning maslahatçisi Ron Dermer Vaşingtonga yaqinda taşrif buyurganidan söng, yuqori martabali Isroil rasmiylariga AQŞ prezidenti Donald Tramp «ma’lum şartlar ostida» Eronga yangi zarbalar berişni ma’qullaşi mumkinligi haqida fikrga ega bölganini aytgan.

Ssenariylardan biri Eron hukumatining Isroil va Amerika bombardimonlari natijasida zarar körgan Fordo, Natanz va Isfaxondagi Eron yadro inşootlaridan yuqori darajada boyitilgan uranni olib çiqişga urinişi bölişi mumkin. TSAHAL Tehron rejimining şikastlangan uran boyitiş zavodlarini tiklaşga urinişi tufayli ham jangovar harakatlarni qayta boşlaşi mumkin, deb yozadi Axios.

Eron yadro dasturi masalasi Trampning Netanyahu bilan Oq uyda ötkazilgan uçraşuvida markaziy örinni egallaşi kutilgandi.

13 iyundan boşlab Isroil Eronga zarba berib, yadroviy inşootlarga, yuqori martabali harbiy xizmatçilarga va yadroviy sohadagi olimlarga hujum qildi. Eron bunga javoban Isroilga raketa va uçuvçisiz uçoqlar uçirdi. AQŞ 22 iyunga ötar keçasi mojaroga qöşilib, Fordo, Natanz va Isfaxondagi yadroviy inşootlarga raketalar va bunkerga qarşi bombalar bilan zarba berdi. Ikki kundan keyin Eron oldindan ogohlantirib, Qatardagi AQŞ harbiy bazasiga hujum qildi. 24 iyun kuni Isroil va Eron AQŞ bosimi ostida öt oçişni töxtatişga rozi böldi – garçi birmunça vaqt özaro otişmalar davom etdi.