Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi köpçilik ovoz bilan Afğonistondagi vaziyatga oid rezolyutsiyani ma’qulladi, unda bu davlatni boşqarayotgan radikal «Tolibon» harakati keskin tanqid qilingan. Ovoz beriş jarayoni 7 iyul kuni bölib ötdi, deb xabar berdi Amu.tv.

«Tolibon»ni qoralovçi hujjatni 116 davlat qöllab-quvvatlagan, Boş Assambleyaning faqat ikki a’zosi, jumladan AQŞ unga qarşi ovoz bergan. Qayd etilişiça, Osiyo mintaqasida nufuzga ega köplab davlatlar betaraf qolgan. Xususan, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron ham xuddi şunday pozitsiyani egallagan. Naşr şu tariqa «asosiy öyinçilar geosiyosiy ehtiyotkorlik körsatdi», deb ta’rifladi.

Rezolyutsiya Germaniya, Irlandiya va Şvetsiya tomonidan taqdim etilgan. Unda BMT Xavfsizlik Kengaşi, taşkilot Boş kotibi direktivalaridan olingan xulosalar, şuningdek, Afğoniston böyiça BMT maxsus ma’ruzaçisining baholari örin olgan. Hujjat mualliflari mohiyatan «Tolibon» harakatining qizlarni ta’lim oliş imkoniyatini, nodavlat taşkilotlar faoliyati, ayollarning erkin harakatlanişi va hokazolarni çeklab qöyayotgan siyosatini keskin qoralaydi. Hokimiyatning bunday harakatlari «şafqatsiz, keng tarqalgan va tizimli» sifatida tavsiflangan.

Şu munosabat bilan BMT «Tolibon»dan ayollarga zulm qiliş siyosatini töxtatişni talab qildi, çunki «ularning jamiyat hayotidagi faol iştiroki mamlakat tinçligi, taraqqiyoti va barqarorligi uçun muhim ahamiyatga ega».

Şu bilan birga, rezolyutsiya xalqaro moliyaviy donorlarni Afğonistonga tez va erkin yordam körsatişga çaqiradi, çunki millionlab fuqarolar, ayniqsa ayollar va bolalar juda muhtoj ahvolda qolgan.

Mutaxassislar, şuningdek, «Tolibon» tomonidan OAV xodimlari va huquq himoyaçilariga nisbatan senzura va zöravonlikni qoralab, Kobulni söz erkinligi va axborot oliş kafolatlariga rioya qilişga çaqirgan. Şu bilan birga, BMT noqonuniy hibsga olişlar va suddan taşqari, özboşimça qatllarga aloqador şaxslarni jazolaşni, şuningdek, xalqaro gumanitar xizmatlar va diplomatlarning xavfsizligini ta’minlaşni talab qildi.

Bundan taşqari, hujjatda Afğoniston hukumatiga tinç aholi va etnik ozçilik jamoalarini himoya qiliş böyiça keng qamrovli rejani qabul qiliş böyiça murojaat ham örin olgan.

Boş Assambleya mamlakatda «Islomiy davlat», «Al-Qoida» kabi bir qator terroristik guruhlar va boşqa ekstremistlar mavjudligidan xavotir bildirdi.

Qaror mualliflari metamfetamin va afyun işlab çiqarişning ösişiga ham e’tibor qaratişgan. Bunda tarkibida narkotik moddalar bölgan ekinlarni yetiştirişni qat’iy taqiqlaş va qişloq xöjaligini rivojlantiriş strategiyasini özgartiriş şartligi körsatilgan.