Toşkentning «Paxtakor» klubi futbolçisi Muhammadali Örinboyev faoliyatini «Antverpen»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
20 yoşli vinger Belgiya klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar möljallangan şartnoma imzoladi.
Manbalarga köra, transfer uçun Toşkent klubi hisobiga 750 ming yevro tölab berilgan.
Ma’lumot uçun, Muhammadali Örinboyev taniqli futbolçi Zabihullo Örinboyevning ukasi hisoblanadi.
U muqaddam Angliyaning «Brentford» klubi yoşlar jamoasida ham öynab kelgandi.
Örinboyev «Paxtakor» bilan birgalikda uç marta mamlakat çempionligini qölga kiritgan. Şuningdek, u Özbekiston yoşlar jamoasi a’zosi sifatida sönggi U-20 Osiyo kubogida 4 ta gol bilan töpurar bölgandi.
U Özbekiston çempionatining joriy mavsumida «Paxtakor» safida jami 14 ta öyinda maydonga tuşib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oşirdi.
«Antverpen» Belgiyaning 5 karra çempioni hisoblanadi. Jamoa ötgan mavsumda beşinçi örin bilan kifoyalangan.













