Yekaterinburgda ikki ozarboyjonlik ölimi Moskva va Boku munosabatlarida misli körilmagan inqirozni keltirib çiqardi, ammo bu inqiroz sabablari yillar davomida töplanib qolgandi, deyişmoqda ekspertlar. Ozarboyjon sobiq metropoliyasi bilan munosabatlar xarakterini özgartirişni, Rossiyaning Janubiy Kavkazga ta’sirini kamaytirişni hamda «yaqin xorij» mamlakatidan teng huquqli hamkorga aylanişni xohlaydi. BBC ekspertlardan hozirgi mojaro Ozarboyjonning Rossiyadan töliq uzoqlaşişiga olib kelişi ehtimoli va mintaqaning boşqa davlatlariga qançalik ta’sir qilişi mumkinligi haqida söradi.

Bokuning Kreml bilan bahsi qança davom etadi?

Rossiya boş vaziri örinbosari taşrifi bekor bölişi, Rossiya huquq-tartibot organlari qiynoqqa soliş va öldirişda ayblanişi, Bokuda rossiyaliklar qölga olinişi, Sputnik-Azerbayjan axborot agentligi ofisida reyd ötkazilişi va davlat naşrlarida Rossiya natsistlar Germaniyasiga tenglaştirilişi – bu ötgan oy oxirida Yekaterinburgda aka-uka Safarovlar vafot etganidan keyin Ozarboyjon taşlagan qadamlarning notöliq röyxati.

Bunday javob Moskvadagilarni ğaflatda qoldirgani körinib turibdi. Kremldagilar buni demarş deb atadi hamda Rossiya TIV va televideniyedagi asosiy propagandaçilarning ohangi rasmiy ittifoqçining (hozir Rossiya va Ozarboyjon munosabatlari aynan şunday maqomga ega) xatti-harakatlarini tuşunmaslik va afsuslanişni ifodalamoqda.

Moskva va Boku örtasidagi munosabatlar «strategik ittifoqçilik xarakteriga ega va şubhasiz, buni yoqtirmaydigan kuçlar ham bor», – deya eslatdi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. «Rossiya heç qaçon Ozarboyjonga tahdid qilmagan va qilmaydi ham», – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Ilgari heç qaçon bunga öxşaş epizodlar ikki mamlakat munosabatlariga bu qadar jiddiy ta’sir körsatmagandi. 2021 yilda Novosibirskda qölga oliş çoğida bir ozarboyjonlik halok bölgan, 2020 va 2023 yillarda esa Qoraboğ uruşlari doirasida rossiyalik harbiylar Ozarboyjon qöşini harakatlari qurboniga aylangan.

Aka-uka Safarovlarning ölimi Ozarboyjonni larzaga keltirdi. Foto: Reuters

Ammo Yekaterinburgdagi hodisa – inqiroz sababi emas, balki ötgan yil dekabr oyida «Ozarboyjon havo yöllari» samolyoti halokatga uçraganidan keyin töplanib qolgan kelişmovçiliklarning yuzaga çiqişi xolos, deydi Berlindagi Karnegi markazining Rossiya va Yevrosiyoni örganiş böyiça ilmiy xodimi Zaur Şiriyev.