Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Sind viloyatiga tashrifi doirasida Karachi porti ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar chog‘ida ushbu port orqali yuk aylanmasini ko‘paytirish, tranzit tartiblarini soddalashtirish va o‘zaro logistika aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgan barqaror aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Karachi porti boshqaruv qo‘mitasi a’zolari Abdulla Zakiy va Fahim ur-Rahman Saygol ushbu portda xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalari uchun yaratilgan sharoitlar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Muzokaralarda yuk tashish, logistika va dengiz turizmi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, dengiz iqtisodiyoti yo‘nalishidagi hamkorlikni diversifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Karachi portidagi yirik infratuzilma obektlari, jumladan, South Asia Pakistan Terminals Limited kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. O‘zbekiston tomoni Karachi port hududida zamonaviy saqlash ombori va logistika markazi tashkil etishga qiziqish bildirdi.
Port ma’muriyati O‘zbekiston tomoniga barcha sharoitlar yaratib berilishi, maqbul shartlar asosida saqlash omborxonalarini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026