Noma’lum firibgar özini AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioga öxşatib, amerikalik va xorijiy rasmiylar, jumladan, uç vazir bilan yozişma qildi, deb xabar berdi The Washington Post (WP).

AQŞ yuqori martabali mulozimlaridan biri gazetaga voqea haqida gapirib berdi. Şuningdek, hodisa haqidagi ma’lumotlar Rubio idorasi 3 iyul kuni Davlat departamenti xodimlariga yuborgan xabarda ham bor.

Gazetaning yozişiça, iyun oyida firibgar Signal messenjerida [email protected] soxta elektron poçta manzilidan foydalangan holda akkaunt oçgan. Söngra, matnli xabarlar orqali uç nafar taşqi işlar vaziri, ştat gubernatori va Kongress a’zosi bilan boğlangan.

WP naşriga köra, firibgar sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida Rubioning ovozi va yoziş uslubiga taqlid qiluvçi xabarlarni amaldorlarga yuborgan. Yozuvlar mazmuni oşkor etilmagan. Faqat bir holatda firibgar suhbatdoşni uçraşuvga taklif qilib, SMS jönatgani ma’lum. Rasmiylardan birortasi javob berganmi yoki yöqmi, noma’lum.

Bölib ötgan voqea ortida kim turgani va u qança vaqt özini Rubio sifatida namoyon qilgani noma’lum. Davlat kotibi idorasining taxminiga köra, bu nufuzli diplomatlar va amaldorlarni «ma’lumot oliş uçun» manipulyatsiya qilişga uriniş bölgan.

Davlat departamenti «kelajakka şunga öxşaş voqealar sodir bölişining oldini oliş uçun puxta tergov ötkazişga va ehtiyot çoralarini körişda davom etişga» va’da berdi. Rasmiylar hujumga uçragan amaldorlarning ismini oşkor qilişdan boş tortdi.

May oyidan beri Marko Rubio nafaqat AQŞ Davlat kotibi, balki prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimini ham egallab keladi. Ilgari maslahatçi lavozimini Mayk Uolts egallagan. Amerika matbuoti uning iste’fosini «Signalgeyt» bilan boğladi, bu Oq uy faoliyatiga oid maxfiy ma’lumotlarning Signal çatiga sizib çiqişi bilan boğliq mojaro.