Qozoğistonga jönab ketgan va u yerda turib masofadan işlagan Rossiya fuqarolari iyun oyi boşidan RF Federal soliq xizmati (FNS)dan 2022-2023 yillar uçun şaxsiy daromad soliğini (NDFL) töliq stavka böyiça tölaşni talab qiluvçi xatlar ola boşladi. Şu tariqa, ular ikki tomonlama soliqqa tortilişi mumkin, çunki ularning uşbu davrdagi daromadlari Qozoğistonda 5 foizdan 20 foizgaça bölgan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğiga (IPN) tortilişi kerak. Bu haqda «Vedomosti»ga mijozlari şunday talablarga duç kelgan bir qança soliq sohasidagi yuristlar ma’lum qildi, deb yozadi naşr.
Gazeta suhbatdoşlariga köra, Rossiya soliq idoralari masofaviy iş Rossiya hududidan olib borilgan va şuning uçun soliq öşa yerda olinişi kerak, deb da’vo qilmoqda. Şu bilan birga, masofaviy işçilar özlarining soliq deklaratsiyasida Qozoğistonda IPN tölaganini ma’lum qilgani hisobga olinmayapti, 1996 yildan boşlab esa ikki tomonlama soliqqa tortişni bartaraf etiş töğrisidagi konvensiya mamlakatlar örtasida amal qiladi.
Yuristlarning ta’kidlaşiça, muammo asosan eskirgan xalqaro qonunçilik mehnatni zamonaviy taşkil etişning öziga xos xususiyatlarini hisobga olmagani bilan yanada kuçaymoqda. Qozoğistonda olingan mehnat daromadiga ikki tomonlama soliq solinişi yuzasidan maslahat böyiça sörovlar keng tarqalmoqda, dedi advokat Ilya Nazarov «Vedomosti»ga.
FNS gazetaga «iş çet el davlati hududida amalga oşirilgan bölsa-da, bu davrda Rossiya Federatsiyasining soliq rezidenti maqomi saqlanib qolgan», dedi. U holda xodim iş safari haqida ma’lumot berişi kerak. Şu bilan birga, soliq xizmati vakilining sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasining soliq rezidenti maqomini saqlab qoliş Rossiya avtomatik ravişda iş joyi sifatida tan olinişini anglatmaydi.











