Sölim oqşomlarning birida xuddi şunday sölim ekzekyutor Ivan Dmitriç Çervyakov teatr ikkinçi qatorida ötirib, durbin bilan «Kornevilskiye kolokola» degan spektaklni tamoşa qilardi. U sahnaga qarab özini eng rohatda ötirgan tomoşabindek his qildi. Lekin birdaniga...

Bu rus yozuvçisi Anton Çexov qalamiga mansub «Çinovnikning ölimi» hikoyasining kiriş qismi edi. Sezganingizdek bugun Rossiyadagi çinovnikning ölimi va biroz adabiyot haqida gaplaşamiz.

Rossiyalik vazir özini otdi

7 iyul ertalab Rossiya prezidenti Putin mamlakat transport vaziri Roman Staravoytni iste’foga çiqardi. Keçga borib vazir öz joniga qasd qildi. Vazir yaqinda sotib olgan Tesla avtomobili içida töpponçadan öq uzib özini öldirgan. Starovoyt 2023 yil Içki işlar vazirligi rahbariyati sovğa qilgan töpponça bilan özini otgan.

Rossiyada bir vazir özini öldirganining bizga nima qiziği bor, deyişga şoşmang. Birinçidan, Rossiya hamon mintaqadagi eng ta’sir doirasi katta davlat bölib, unda bölayotgan siyosiy voqealar tabiiyki diqqat bilan kuzatilişi kerak. Masalan, Özbekistonning iqtisodiy hayotini Rossiyasiz tasavvur qiliş imkonsiz.

Rossiya tört yildan buyon sobiq ittifoq tarkibidagi boşqa bir davlat Ukraina yerlarini egallab oliş uçun uruş oçgan. Bunday vaqtda Rossiya siyosiy hayotidagi voqealar ikki hissa muhimlaşadi. Keça öz joniga qasd qilgan vazir Rossiya frontidagi eng qaynoq hudud Kursk oblastining sobiq gubernatori edi. Şu bois bu voqeani kuzatib boriş kerak.

Ukraina ğarbdagi hamkorlaridan yetarliça qurol ololmagaç, jang maydonida qiynalib qoldi. Rossiya tinimsiz frontga odam yollagani, Ukrainada ommaviy safarbarlik e’lon qilinmagani, kap-katta erkaklar hamon restoranlarda çilim çekib ötirgani frontdagi vaziyatni Kiyev uçun kritik holatga olib keldi. Bunday vaqtda qandaydir noodatiy qarorgina vaziyatni özgartirişi mumkin edi. Ana şu noodatiy qaror Ukraina Rossiyaning Kursk oblastiga bostirib kirgani böldi. Ukrainlar qisqa vaqtda Kurskdagi 1000 km. kvadrat maydonni egallab olib, yaqingaça uni nazoratda uşlab turişdi. Rossiya majburan Kurskka katta kuç taşladi, Şimoliy Koreyadan «haşarçi» çaqirdi, Donbassdagi ba’zi guruhlarni Kurskka taşlaşga majbur böldi. Xullas, Ukraina közlagan maqsadiga erişdi.

Kiyev heç narsa bölmaganday bemalol Kurskka bostirib kirganida rossiyalik uruş tarafdorlarida savol paydo böldi: çegara qörğonlari qani? Davlat ajratgan pullar qayerga ketdi? Bosqin sodir bölişidan ikki oy avval Roman Starovoyt Kursk gubernatori lavozimidan ketgan va transport vaziri bölgandi. Uning örnini Smirnov degan yordamçisi egalladi va bir yil ötmay aynan mudofaaga ajratilgan pullarni «tuya qilgani uçun» qamaldi.