Özbekistonda ötgan yilda haydovçilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning 81 foizi qöpol qoidabuzarlikka kiradi. Samarqand, Qaşqadaryo, Toşkent viloyati va Toşkent şahrida bu surunkali tus olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi, hatto taniqli şaxslar örtasida «jarimani tölab qöydim-ku, xohlaganimdek yuraveraman», deyiş avj olgan.
«Endilikda yöllarda haydovçilik madaniyatini oşiriş, aşaddiy huquqbuzarlarga qonun kuçini körsatiş maqsadida yangi tizim qilamiz», – dedi prezident.
Buning uçun «Surunkali qoidabuzarlar» dasturi işga tuşiriladi.
Qarama-qarşi harakatlaniş, çiroqning qizil rangida ötiş bir oy içida 2 marta sodir etilsa yoki tezlik 5 marta oşirilsa – 1 yilgaça jarimadan çegirma berilmaydi.
Bunday huquqbuzarliklar bir oy içida 10 tadan köp bölsa – 6 oygaça haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Şuningdek, tezlik uçun jarimalarni qayta körib çiqib, me’yordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovçilik huquqidan mahrum qiliş böyiça qonunçilikka özgartiriş kiritiş maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

















